SmokeFire EX4 GBS pellet grili

Sold

SmokeFire EX4 GBS pellet grili

46x61 sm, rangi - qora

Narxi: UZS 0

Noyob yangilik – SmokeFire 95–315 °C harorat doirasida ishlaydi va qovuradi, dudlaydi, toblab pishiradi va hokazo. Ushbu pellet gril yordamida barbekyu taomnomasini nafaqat an’anaviy burger va steyklar, balki dudlangan qovurg‘a go‘shti, pitstsa va, hatto, desertlar bilan ham to‘ldirishingiz mumkin. Issiqlik bir tekisda taqsimlanadi. SmokeFire EX4 GBS — bu grillar orasida fazoviy kema desa ham bo‘ladi. Weber Connect yordamchisi grilga o‘rnatilgan harorat o‘lchagich bilan birgalikda mahsulotlarning tayyorlik darajasi haqida smartfoningizga xabar jo‘natish orqali ogohlantirib turadi.

Pellet grilning ikkita panjarasi maydonida katta miqdordagi mehmonlarga mo‘ljallangan go‘shtni bemalol joylashtirish mumkin.

Omborda qolmagan

Solishtirish
22511004. Omborda qolmagan ,
  • Ish yuzasining diametri:46x61 sm
  • Hajmi:119sm (B-balandligi) X 109sm (E-eni) X 84sm (U-uzunligi)
    • Qopqog‘i ochiq holdagi o‘lchamlari (sm): 157sm (B-balandligi) X 109sm (E-eni) X 84sm (U-uzunligi)
    • Taom tayyorlash panjaralarining umumiy maydoni (sm²): 4,270 sm²
    • Pastki panjara (sm²): 2,806 (46sm X 61sm)
    • Yuqoridagi panjara (sm²): 1,525 (25sm X 61sm)
    • Yoqilg‘i turi: tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan pelletlar
    • Yonboshdagi stollar: 1
    • Sharnirli g‘ildiraklar: 2
    • Mustahkamlovchi uskunali sharnirli g‘ildiraklar: 2
    • Asboblar uchun ilgaklar: 2
    • Go‘sht tayyorligini o‘lchovchi asbob to‘plamga kiritilgan: 1
    • Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan Gourmet BBQ System panjaralari
    • Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan Flavorizer Bars plastinalari
    • Kul va yog‘ uchun oson tozalanadigan idishlar
    • Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan yonboshdagi stol
    • Aravacha ramasi pishiq po‘latdan yasalgan
    • Gril ishlaydigan harorat doirasi: 95–315 °C
    • Go‘sht tayyorligini o‘lchovchi bitta asbob to‘plamga kiritilgan, hammasi bo‘lib to‘rtta asbob ulash mumkin
    • Weber Connect orqali taomlar tayyorlik darajasi haqida xabarlar
    • 10 kilogrammgacha pelletlarni sig‘dira oladigan idish
    • Qopqoq va qovurish kamerasi chinni emali bilan qoplangan
    • JK-displey
    • Weber Connect orqali tayyorlash bosqichlarida xabar jo‘natib turiladi
    • Chinni emali bilan qoplangan yuqori haroratdan himoyalovchi uskuna
    • Qovurish kamerasi va quyida ko‘rsatilmagan barcha detallar uchun: 5 yil
    • Elektr tarkibiy qismlar uchun: 3 yil
    • Taom tayyorlash panjaralari, pelletlar uchun tarnovlar, yonuvchi qism, issiqlik ekrani, pelletlar uchun panjara, nazorat ramkasi uchun: 3 yil

    Toshkent bo‘ylab yetkazib berish

    Gril sotib olganingizda Toshkent shahri (TKAD) doirasida yetkazib berish va yig‘ish bepul. Gril sotib olishdan bosh tortilsa, yetkazib berish va yig‘ish to‘lanadi. Faqat aksessuarlar sotib olinganda yetkazib berish alohida to‘lanadi!

    O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish

    O‘zbekistonning boshqa shaharlariga yetkazib berish alohida to‘lanadi. Narxi mahsulot og‘irligi va yetkazib berish manziliga bog‘liq. Yetkazib berishning yakuniy narxini operator hisoblab beradi.

    Olib ketish

    Buyurtmani omborimizdan olib ketish mumkin: Toshkent sh., Sergeli tumani, Sergeli–Zangiota tarmoqlanishi, Chashtepa ko‘chasi, 38-40-uy.

    To‘lovni naqd pul bilan yoki onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

    Fikr-mulohazalar

    There are no reviews yet

    “SmokeFire EX4 GBS pellet grili&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;
    Video-sharh(1)

    BU YERDA SIZ ENG KO‘P BERILADIGAN SAVOLLARGA JAVOB TOPASIZ:

    • GRIL UCHUN KO‘MIRNI O‘T OLDIRISHNING SODDAROQ USULI BORMI?

      Ha, bor. Maslahatimiz: sifatli pista ko‘mir yoki Weber ko‘mir briketlaridan, o‘t oldirish kubiklari, hamda bizning o‘t oldirish moslamamizdan foydalaning. O‘t oldirish moslamasini zarur miqdordagi ko‘mir yoki briketlar bilan to‘ldiring, ko‘mir panjarasi ustiga ikki-uchta o‘t oldirish kubikidan qo‘ying va ularni yoqing. Ustiga ko‘mir yoki briketlar bilan to‘ldirilgan o‘t oldirish moslamasini qo‘ying. Boshqa hech nima qilishning hojati yo‘q. Yoqilg‘i, ko‘mir yoki briketlarning miqdoriga qarab 20-30 daqiqada to‘liq yonib tugaydi. Ustki ko‘mir qizil tusga kirib, briketlar esa kul bilan qoplanganda, ko‘mirni panjara ustiga to‘king. A’lo darajada issiqlik beradi!

    • BEVOSITA VA BILVOSITA USULLARDA TAOM TAYYORLASHNING FARQI NIMADA?

      Bevosita taom tayyorlash usulida ozuqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri issiqlik manbai ustida joylashgan bo‘ladi (masalan, steyk ko‘mir cho‘g‘i yoki ishlayotgan yonuvchi qism ustidagi gril panjarasida pishadi).

      Bilvosita taom tayyorlashda esa mahsulotlar panjaraning to‘g‘ridan-to‘g‘ri issiqlik manbai bo‘lmagan qismida joylashgan bo‘ladi. Masalan, ko‘mir grilning yon tomonlarida, butun parranda yoki katta go‘sht bo‘lagi esa taom tayyorlash panjarasining o‘rtasida joylashadi.

      U yoki bu retsept uchun qaysi usul to‘g‘ri kelishini aniqlash uchun universal qoida mavjud. Qalinligi 2,5-3 smdan ko‘p bo‘lmagan va tayyorlanishi uchun 25 daqiqadan kam vaqt sarflanadigan mahsulotlar (masalan, lahm tovuq go‘shti, steyk, kabob va h.k.) bevosita usulda tayyorlanadi. Tayyorlanishi uchun 25 daqiqadan ko‘proq vaqt sarflanadigan yoki past harorat (200 °C gacha) talab etiladigan yirik taomlar (rostbif, butun parranda, qo‘y oyog‘i va h.k.) esa grilda bilvosita usulda tayyorlanishi kerak. Ko‘mir, gaz va elektrda ishlaydigan Weber grillarining ko‘pgina modellarida ikkala usulni ham qo‘llash imkoni mavjud.

    • TAOM TAYYORLASH VAQTIDA QOPQOQNI YOPISH SHARTMI?

      Weber shef-oshpazlari deyarli barcha hollarda taomni yopiq qopqoq bilan tayyorlashni tavsiya etishadi. Gril-ustalari orasida esa shunday qoida bor: steyk a’lo darajada bo‘lishi uchun qopqoq ikki martagina ochiladi: birinchi marta go‘shtni qo‘yish uchun, ikkinchi marta – uni o‘girish uchun.

      Xoh ko‘mir, xoh gazda bo‘lsin, yopiq qopqoq ostida tayyorlangan taomlar shiraliroq va xushbo‘yroq bo‘ladi. Yopiq qopqoq xuddi pechdagi kabi konvektsiya effektini yuzaga keltiradi, bu esa tayyorlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va mahsulotning har tomonlama yaxshi toblanishini ta’minlaydi. Qopqoq yopiq bo‘lsa, panjara kuchliroq qiziydi va mahsulotlarni yaxshilab qovuradi, ziravor va dorivorlarning xush isi esa saqlanib qoladi. Bundan tashqari, grilga kamroq havo kiradi va olovning lovullab ketish xavfi kamayadi. Ochiq qopqoq bilan esa taomlar uzoqroq vaqt tayyorlanadi va quruqroq bo‘lib qoladi.

      Faqat ingichka va nozik mahsulotlargina, masalan, krevetka, burger bulochkalari yoki tortilyalar bundan mustasno. Ular shu qadar tez tayyor bo‘ladi-ki, gril qopqog‘ini yopishga hojat yo‘q.

    • WEBER ELEKTR GRILIDA KO‘MIR VA GAZDA ISHLAYDIGAN GRILLARDAGI KABI YAXSHI TAOM TAYYORLASH MUMKINMI?

      Ha, albatta. Weber kompaniyasining barcha elektr grillari qizdiruvchi qismlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular boshqa turdagi grillardagi kabi issiqlik darajasini ta’minlab beradi. Bundan tashqari elektr grillarda cho‘yan panjaralar bor, ularning sathi yaxshi qiziydi va issiqlikni uzoq vaqt saqlaydi. Elektr grilda tayyorlangan taomlarning ta’mi ko‘mir yoki gaz grillaridagidan umuman farq qilmaydi. Biz tajriba o‘tkazib ham ko‘rganmiz, eng tajribali ekspertlar ham farqini aniqlay olishmagan. Buning ustiga Weber elektr grillarida qovurish va toblab pishirishdan tashqari, dudlash ham mumkin.

    • GRILNI OLDINDAN QIZDIRIB QO‘YSAM BO‘LADIMI?

      Albatta! Weber shef-oshpazlarining aytishlaricha, grilda yaxshi taom tayyorlashning siri aynan shunda. Taom tayyorlashni boshlashdan oldin grilni qizdirib qo‘ying. Zarur haroratga erishish uchun gril yopiq qopqoq ostida 10-15 daqiqa, kerakli haroratgacha qizib olishi kerak. Turli taomlarni tayyorlash uchun turlicha issiqlik talab etiladi. Kuchli harorat 230-290 °S, o‘rtacha harorat 175-230 °S, kuchsiz harorat 120-175 °S. Gril haroratini qopqoqqa o‘rnatilgan harorat o‘lchagich yordamida baholash mumkin.

      Qizdirilgan grilda mahsulotlar panjaraga yopishib qolmaydi, qizarib pishadi, ichi esa yumshoq va shirali bo‘ladi.

    • WEBER GRILINI KO‘CHADA SAQLASAM BO‘LADIMI?

      Ha, Weber grillarining barchasi har qanday ob-havo sharoitlarida va barcha mavsumlarda, yiliga 365 kun ochiq havoda foydalanish va saqlash uchun mo‘ljallangan. Ammo, gril bilan ishlash qulay bo‘lishi va u uzoq xizmat qilishi uchun himoya g‘iloflaridan foydalanishni tavsiya etamiz (ayniqsa, grildan uzoq vaqt foydalanilmaganda) va modelingiz foydalanish qo‘llanmasida ko‘rsatilganidek muntazam tozalab turish ham kerak.

    • KO‘MIRDA ISHLAYDIGAN GRIL HARORATINI QANDAY SOZLASHIM MUMKIN?

      Ko‘mirda ishlaydigan grilning issiqlik darajasini belgilovchi ikkita omil mavjud.

      Birinchisi – ishlatiladigan yoqilg‘i miqdori. Ko‘mir qancha kam bo‘lsa, harorat shunchalik past bo‘ladi va aksincha. Masalan (57 santimetrli Weber grillari uchun), kuchli haroratga (230-270 °S) erishish uchun, o‘t oldirish moslamasini briketlarga to‘ldirish kerak. O‘rtacha harorat (175-230 °S) uchun – ¾ qismini, kuchsiz harorat (130-175 °C) uchun esa – ½ qismini to‘ldirish kifoya.

      Ikkinchisi – qozonga kiradigan havo oqimini nazorat qiluvchi yuqori ventilyatsiya qopqog‘ining holati. Kuchli haroratni saqlab turish uchun qopqoq to‘liq ochiq bo‘lishi kerak. Haroratni pasaytirish talab etiladigan bo‘lsa, qopqoqni burab qo‘yish kerak bo‘ladi. Ventilyatsiya teshiklari qanchalik kichik bo‘lsa, harorat shunchalik past bo‘ladi. Qopqoq to‘liq yopilganda esa, gril ichidagi ko‘mir o‘chishni boshlaydi.

      Unutmang, taom tayyorlash jarayonida gril qozonining ostida joylashgan pastki ventilyatsiya qopqog‘i doim ochiq turishi kerak.

      Gril haroratini taxminan nazorat qilish ko‘mir miqdoriga bog‘liq, aniq nazorat esa yuqori qopqoq holatini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.

    • O‘T OLDIRISH UCHUN QAYSI VOSITADAN FOYDALANISH KERAK?

      Ko‘mirni xavfsiz va osongina yoqish uchun Weber o‘t oldirish kubiklaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Kubiklar oson o‘t oladi, hidi va zaharli moddalari yo‘q, taom ta’miga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ko‘mirni Weber o‘t oldirish uskunasi yordamida yoqishni va o‘t oldirish uchun turli suyuq vositalardan foydalanmaslikni tavsiya qilamiz, negaki noto‘g‘ri ishlatilgan taqdirda ular salomatlik va, hatto hayot uchun xavf tug‘diradi.

    • GRILNING QOPQOG‘I VA TASHQI YUZALARIDAGI YOG‘ DOG‘LARINI QANDAY KETKAZSAM BO‘LADI?

      Ketishi qiyin qatlamlar hosil bo‘lmasligi uchun har safar foydalanganingizdan keyin (gril sovuganida) qopqoqni qaynoq emas, iliq suvda gubka va yumshoq ta’sir etuvchi yuvish vositasi bilan tozalang. Jarayonni tezlatish uchun yuzalarni tozalashda chinni emali va zanglamaydigan po‘lat parvarishi uchun mo‘ljallangan Weber vositalaridan foydalanishni tavsiya etamiz. Idishdagi vositani purkagich orqali yuzalarga sepib chiqing, 5 daqiqaga qoldiring va qopqoqni yumshoq quruq mato bilan arting.

    • GAZDA ISHLAYDIGAN WEBER GRILIDA ILK BORA TAOM TAYYORLAMOQCHIMAN. MENGA NIMA KERAK BO‘LADI?

      Gazda ishlaydigan Weber grilini yig‘ib bo‘lganingizdan keyin (uni ochiq havoda qopqoqsiz va mustahkam asosga o‘rnatganingiz ma’qul) Sizga to‘g‘ri to‘ldirilgan gaz balloni kerak bo‘ladi. Asosiy aksessuarlar sifatida: bir martalik alyumin poddonlar (grilingiz modelining tozalash tizimiga mos keladigan), gril uchun asboblar (qisqich, kurakcha va cho‘tka), issiqqa chidamli qo‘lqop va peshbandlarni sotib olishni tavsiya qilamiz. Bu va boshqa aksessuarlar haqida batafsil «Aksessuarlar» bo‘limida o‘qib chiqishingiz mumkin.

    • WEBER ELEKTR GRILIDA ILK BORA TAOM TAYYORLAMOQCHIMAN. MENGA NIMA KERAK BO‘LADI?

      Gril tekis, mustahkam yuzaga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Grildan xona ichida foydalanish mumkin emas, uni peshayvon yoki, xonadonda tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, balkonga o‘rnating. Katta quvvat (2,2 KVt) talab etadigan elektr asboblar uchun mo‘ljallangan ishonchli rozetkadan foydalaning. Ana shundan keyin grilda taom tayyorlashni boshlashingiz mumkin. Asosiy aksessuarlar sifatida: bir martalik alyumin poddonlar (grilingiz modelining tozalash tizimiga mos keladigan), gril uchun asboblar (qisqich, kurakcha va cho‘tka), issiqqa chidamli qo‘lqop va peshbandlarni sotib olishni tavsiya qilamiz. Bu va boshqa aksessuarlar haqida batafsil «Aksessuarlar» bo‘limida o‘qib chiqishingiz mumkin.

    • WEBER KOMPANIYASI BILAN QANDAY BOG‘LANISH MUMKIN?

      Saytimizdagi «Qo‘llab-quvvatlash» bo‘limida «Bog‘lanish» sahifasini topasiz. Savol va istaklar bo‘yicha biz bilan sahifada ko‘rsatilgan telefon raqami va elektron manzil orqali bog‘lanishingizni so‘raymiz.

    YANA SAVOLLARINGIZ BORMI?

    Yana savollaringiz bo‘lsa, iltimos, maslahat olish uchun bizga murojaat qiling.